Kirish Ro'yxatdan o'tish
31/08 00:30 Selta 0-2 Atletik Bilbao
31/08 21:30 Lechche 0-4 Roma
31/08 22:30 Osasuna 1-0 Xetafe
31/08 23:45 Atalanta 1-0 Bolonya
01/09 00:00 Aston Villa 0-1 Arsenal
01/09 00:30 Barselona 5-2 Rayo Valyekano

Dallinga zaxiradan tushib, tarixiy natija qayd etdi

Dallinga zaxiradan tushib, tarixiy natija qayd etdi

Baho:
+ | -

Bu dam olish kunlari Yevropaning top-chempionatlari orasida eng so‘nggisi — Germaniya Bundesligasida ham yangi mavsum start oldi.

«Kyoln» o‘z maydonida «Xoffenxaym»ni qabul qildi. Mezbonlar uchrashuv davomida ikki marta hisobda ortda qolishiga qaramay, yakunda 3:2 hisobida irodali g‘alabani qo‘lga kiritdi.

«Kyoln»ning yangi futbolchisi Teys Dallinga ushbu muvaffaqiyatning bosh qahramoniga aylandi. Ikkinchi bo‘lim o‘rtalarida zaxiradan maydonga tushgan hujumchi ikkita gol urdi.

Dallinga 72-daqiqada hisobni tenglashtirdi, oradan o‘n daqiqa o‘tib esa yana raqib darvozasini ishg‘ol qilib, jamoasiga g‘alaba keltirgan gol muallifi bo‘ldi.

Shu tariqa, Dallinga «Kyoln» tarixida Bundesligadagi debyut o‘yinida dubl qayd etgan ilk futbolchiga aylandi.

E’tiborlisi, u bu natijaga zaxiradan maydonga tushib erishdi va o‘yinda yarim soatdan ham kam vaqt harakat qildi.

Kiritildi: 04:20, 30.08.2026.
O'qildi: 601 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик