Kirish Ro'yxatdan o'tish
31/08 00:30 Selta 0-2 Atletik Bilbao
31/08 21:30 Lechche 0-4 Roma
31/08 22:30 Osasuna 1-0 Xetafe
31/08 23:45 Atalanta 1-0 Bolonya
01/09 00:00 Aston Villa 0-1 Arsenal
01/09 00:30 Barselona 5-2 Rayo Valyekano

Baena uch turdayoq o‘tgan mavsumdagi gollar sonidan oshib ketdi

Baena uch turdayoq o‘tgan mavsumdagi gollar sonidan oshib ketdi

Baho:
+ | -

«Atletiko Madrid» qanot hujumchisi Aleks Baena joriy mavsumni juda yuqori sur’atda boshladi.

25 yoshli futbolchi «Sevilya»ga qarshi o‘yin qahramoniga aylanib, dubl qayd etdi. Uchrashuv madridliklarning 3:1 hisobidagi g‘alabasi bilan yakunlandi.

Shu tariqa, jahon chempioni bo‘lgan ispaniyalik futbolchining La Liganing dastlabki uch turidagi gollari soni uchtaga yetdi. Bu uning o‘tgan mavsumdagi butun chempionat davomida qayd etgan natijasidan ham yuqori. Baena 2025/26 yilgi mavsumda 27 ta o‘yinda atigi 2 ta gol urgan edi.

Shuningdek, u yangi mavsumda bitta golli uzatmani ham amalga oshirgan.

Aleks Baena o‘tgan yozda «Vilyarreal»dan «Atletiko»ga 42 million yevro evaziga ko‘chib o‘tgan edi.

Diyego Simeone jamoasi uch turdan keyin 7 ochko to‘plab, Ispaniya chempionati turnir jadvalida peshqadamlik qilmoqda.

5 sentyabr kuni «Atletiko» safarda Bilbaoning «Atletik» klubiga qarshi maydonga tushadi.

Kiritildi: 04:21, 30.08.2026.
O'qildi: 729 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик