Kirish Ro'yxatdan o'tish
25/09 10:00 O‘zbekiston 3-0 Saudiya Arabistoni
25/09 15:30 Janubiy Koreya - Vyetnam
26/09 11:00 Xitoy - Tailand
26/09 15:30 Yaponiya - KXDR

«Fulxem» yana bir «Real» tarbiyalanuvchisini o‘z safiga qo‘shmoqchi

«Fulxem» yana bir «Real» tarbiyalanuvchisini o‘z safiga qo‘shmoqchi

Baho:
+ | -

«Real Madrid» yarim himoyachisi Manuel Anxel «Fulxem»ga o‘tishga yaqin turibdi. Diario AS ma’lumotiga ko‘ra, klublar transferning deyarli barcha shartlari bo‘yicha kelishuvga erishgan.

Kelishuvga ko‘ra, «Real» futbolchi keyinchalik boshqa klubga sotilsa, transfer summasining salmoqli qismini oladi. Xuddi shunday shart bu yozda «Fulxem»ga o‘tgan Gonsalo Garsiya va Sesar Palasios transferlarida ham qo‘llanilgan.

Manuel Anxel asosan «Real»ning ikkinchi jamoasida to‘p tepgan. U asosiy tarkib safida esa jami 7 ta uchrashuvda maydonga tushgan.

Transfermarkt portali 22 yoshli ispaniyalik futbolchining bozor qiymatini 5 million yevroga baholamoqda.

Eslatib o‘tamiz, «Fulxem»ni iyul oyidan buyon ilgari «Real» tizimida ishlagan Alvaro Arbeloa boshqarib kelmoqda.

Manba: www.stadion.uz.
Kiritildi: 04:24, 30.08.2026.
O'qildi: 1096 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик