Dortmundning «Borussiya» klubi yarim himoyachisi Yannis Konstantelias Bundesliganing 1-turida «Gamburg»ga qarshi o‘yinda tizzasidan jarohat oldi. Bu haqda Sky xabar berdi.
23 yoshli gresiyalik futbolchi Bakeri Jatta bilan to‘qnashuvdan so‘ng jarohat olgan. Unga ancha vaqt tibbiy yordam ko‘rsatildi va 54-daqiqada maydonni tark etishga majbur bo‘ldi.
«Borussiya»da jarohat jiddiy bo‘lishi mumkinligidan xavotir bor. Klub sport direktori Ole Bukning aytishicha, og‘ir shikast, jumladan, tizzaning xochsimon bog‘lamlari uzilishi ehtimoli ham istisno qilinmayapti.
Jamoa bosh murabbiyi Niko Kovach Konstantelias yakshanba kuni tibbiy tekshiruvdan o‘tishini ma’lum qildi.
«Shifokorlardan olingan dastlabki ma’lumotlar yaxshi emas», — dedi Kovach.
Konstantelias «Borussiya» safiga shu yozda kelib qo‘shilgan. Dortmund klubi uni PAOKdan 26 million yevro evaziga xarid qilgan.













