Kirish Ro'yxatdan o'tish

«Milan» hujumchisi Portugaliyaga yo‘l olmoqda

«Milan» hujumchisi Portugaliyaga yo‘l olmoqda

Baho:
+ | -

«Portu» «Milan» hujumchisi Santyago Ximenes transferi bo‘yicha og‘zaki kelishuvga erishdi. Meksikalik futbolchi klubini almashtirishga tayyorlanmoqda.

Fabrisio Romano ma’lumotiga ko‘ra, 25 yoshli forvard «Portu»ga bepul ijara asosida o‘tadi. Shuningdek, kelishuvga futbolchini 18 million yevro va bonuslar evaziga sotib olish huquqi kiritiladi.

Qayd etilishicha, Ximenesning o‘yin amaliyoti va belgilangan shartlarni bajarishiga qarab, sotib olish huquqi majburiy shartga aylanishi mumkin.

Yaqin vaqt ichida futbolchi transferni yakunlash uchun Portugaliyaga uchib boradi.

Transfermarkt portali Ximenesning bozor qiymatini 18 million yevroga baholamoqda.

Uning «Milan» bilan amaldagi shartnomasi 2029 yilning 30 iyuniga qadar mo‘ljallangan.

Kiritildi: 05:21, 30.08.2026.
O'qildi: 1034 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик