«Inter Mayami» yarim himoyachisi Kazemiro jamoadoshi Lionel Messi haqida fikr bildirdi. Argentinalik futbolchining xet-trigi jamoaga «Monreal»ni 7:1 hisobida yirik mag‘lub etishda yordam berdi.
Messi ushbu uchrashuvda to‘rtta gol muallifiga aylanishi ham mumkin edi, biroq uning dastlabki gollaridan biri yakunda raqib futbolchisining avtogoli sifatida qayd etildi.
«Messining jamoada bo‘lishi nimani anglatishi mana shu. Biz bunday lahzalardan zavq olishimiz kerak, chunki u tarix yaratishda davom etmoqda. Bugun ko‘rganlarimizdan faqat bahra olish kerak. Leo hamon eng yaxshi futbolchi va buni butun dunyoga isbotlashda davom etyapti. U bilan biz ancha kuchlimiz», — deya Kazemironing so‘zlarini keltiradi Inter Miami News Hub.
Lionel Messi 17 ta gol bilan MLS to‘purarlari poygasida peshqadamlik qilmoqda.













