«Inter Mayami» hujumchisi Lionel Messi MLS doirasida «Monreal»ga qarshi 7:1 hisobida yakunlangan uchrashuvda poker qayd etdi va yana bir golli uzatmani amalga oshirdi.
39 yoshli argentinalik futbolchi faoliyati davomida sakkizinchi marta bir o‘yinda kamida 4 ta gol urishga muvaffaq bo‘ldi. Bu uning «Inter Mayami» safidagi ilk pokeri bo‘ldi.
Messi bunga qadar so‘nggi marta 2020 yilning 22 fevralida bir uchrashuvda 4 ta gol urgan edi. O‘shanda u «Barselona» safida La Liga bahsida «Eybar» darvozasini to‘rt bor ishg‘ol qilgan, kataloniyaliklar esa 5:0 hisobida g‘alaba qozongandi.













