Kirish Ro'yxatdan o'tish

«Atalanta» Salemakersni so‘radi, «Milan» rad javobini berdi

«Atalanta» Salemakersni so‘radi, «Milan» rad javobini berdi

Baho:
+ | -

«Milan» yarim himoyachisi Aleksis Salemakers yangi mavsumni muvaffaqiyatli boshladi. Belgiyalik futbolchi «Venesiya»ga qarshi uchrashuvda ikkita golli uzatmani amalga oshirdi.

Uning yaxshi o‘yini Italiya A Seriyasining boshqa klublari e’tiborini ham tortmoqda. Pianetamilan.it nashri ma’lumotiga ko‘ra, «Atalanta» Salemakers transferi bo‘yicha «Milan»ga murojaat qilgan.

Biroq «rossoneri» futbolchi sotilmasligini ma’lum qilib, bergamoliklarning taklifini rad etgan.

Eslatib o‘tamiz, Salemakers o‘tgan yilning dekabr oyida «Milan» bilan shartnomasini rasman 2031 yilga qadar uzaytirgan edi.

Italiya chempionatining keyingi turida «Milan» 6 sentyabr kuni «Yuventus»ga qarshi maydonga tushadi.

Kiritildi: 08:01, 30.08.2026.
O'qildi: 629 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик