«Torino» «Lids» darvozaboni Lukas Perrini ijara asosida o‘z safiga qo‘shib oldi. Kelishuv 2027 yilning 30 iyuniga qadar mo‘ljallangan.
28 yoshli braziliyalik futbolchi 2025 yildan buyon «Lids» sharafini himoya qilib kelayotgan edi. U 2025/26 yilgi mavsumda 20 ta uchrashuvda maydonga tushib, o‘z darvozasidan 33 ta gol o‘tkazib yuborgan.
Perri bunga qadar «Lion», «Botafogo» va «San-Paulu» klublarida ham to‘p tepgan.
Darvozabonning «Lids» bilan amaldagi shartnomasi 2029 yilning 30 iyuniga qadar davom etadi. Shu bilan birga, «Torino»da futbolchini keyinchalik to‘liq sotib olish huquqi ham bo‘ladi.
Transfermarkt portali Lukas Perrining bozor qiymatini 10 million yevroga baholamoqda.













