«Shaxtyor» bosh murabbiyi Arda Turan jamoaning Chempionlar ligasida ishtirok etishga tayyorgarlik darajasini baholadi.
«Chempionlar ligasi haqida gapiradigan bo‘lsam, afsuski, hozircha to‘liq tayyor emasmiz. Rostini aytishim kerak — albatta, bu holat meni qoniqtirmaydi. Futbolda ba’zan shunday bo‘ladi: ma’lum bir tayyorgarlik darajasiga chiqasiz, keyin esa o‘sish bir muddat to‘xtab qoladi. Biz uchun eng muhimi — bu bosqichdan imkon qadar tezroq o‘tib, yana rivojlanish va natijalarni yaxshilash sari harakat qilish.
Oldinda bizni ko‘plab safarlar va chegaralarni kesib o‘tish kutmoqda. Menimcha, futbolda, ayniqsa Chempionlar ligasidek yuqori saviyadagi musobaqada eng katta ustunliklardan biri — o‘z uy maydoningda o‘ynash imkoniyati.
Afsuski, barchaga ma’lum sabablar tufayli hozir biz o‘z uyimizdan mahrummiz. Shu nuqtai nazardan qaraganda, Chempionlar ligasidagi yo‘limiz eng qiyini bo‘ladi, deb o‘ylayman. Chunki turnirda ishtirok etayotgan qolgan 35 jamoadan farqli ravishda, faqat biz raqiblarni haqiqiy uy stadionimizda qabul qila olmaymiz», — deya Turanning so‘zlarini keltiradi klub rasmiy sayti.
Chempionlar ligasining asosiy bosqichi 8 sentyabr kuni start oladi.













