«Galatasaroy» klubining yosh rossiyalik yarim himoyachisi Aleksey Batrakov vakili mijozining «PSJ» klubiga amalga oshmagan transferi haqida jurnalistlarga ma’lumot berdi.
Vladimir Kuzmichyov «Match TV»ga bergan intervyusida «Lokomotiv» rahbariyati bilan «PSJ» vositachisi o‘rtasida haqiqatan ham muloqot bo‘lganini aytdi.
Agentning ta’kidlashicha, agar tomonlar kelishuvga erisha olsa, shundan so‘ng Batrakovning shaxsiy shartnoma shartlari muhokama qilinishi bo‘yicha kelishuv bo‘lgan.
«Bu davr kelganida, Parij klubi shunchaki aloqani to‘xtatdi», — dedi Kuzmichyov.
Eslatib o‘tamiz, Aleksey Batrakov bu yozda «Lokomotiv»dan «Galatasaroy»ga 25 million yevro evaziga o‘tgan. 21 yoshli rossiyalik futbolchi Turkiya klubi safida «Gyoztepe»ga qarshi o‘yindayoq debyut qildi.













