Sankt-Peterburgning «Zenit» klubida o‘ynayotgan braziliyalik hujumchi Luis Enrike yozgi transfer oynasida jamoasini o‘zgartirib, Italiya A Seriyasi klublaridan biriga o‘tishi mumkin.
ESPN ma’lumotiga ko‘ra, 25 yoshli braziliyalik futbolchini «Roma» o‘z safiga qo‘shib olishni istamoqda.
Rim klubi Braziliya terma jamoasi futbolchisi uchun bonuslarni hisobga olgan holda taxminan 40 million yevro to‘lashga tayyor.
Avvalroq matbuotda Enrike bilan Braziliya klublari, jumladan, «Flamengo», «Botafogo» va «Palmeyras» qiziqib qolayotgani haqida xabarlar tarqalgan edi.
Eslatib o‘tamiz, Luis Enrike bu mavsumda Rossiya chempionatida «Zenit» tarkibida 4 ta uchrashuv o‘tkazdi, ammo gol yoki assist qayd etmadi. Braziliyalik futbolchi «Zenit»da 2025 yildan beri o‘ynamoqda.













