Kirish Ro'yxatdan o'tish
26/09 11:00 Xitoy 3-0 Tailand
26/09 15:30 Yaponiya 1-0 KXDR

Desayi «Chelsi»ni Osimxen uchun yana bir bor harakat qilishga chaqirdi

Desayi «Chelsi»ni Osimxen uchun yana bir bor harakat qilishga chaqirdi

Baho:
+2 | -

«Chelsi» afsonasi Marsel Desayi klubni yozgi transfer oynasi yopilishidan oldin Viktor Osimxenni qo‘lga kiritish uchun yana bir bor urinib ko‘rishga chaqirdi.

Londonliklar ikki yil avval, Osimxen hali «Napoli»da to‘p tepayotgan paytda uning transferiga juda yaqin kelgan edi. Biroq kelishuv so‘nggi bosqichda amalga oshmagan. Keyinchalik nigeriyalik hujumchi «Galatasaroy» safiga qo‘shildi va so‘nggi ikki mavsumni Turkiya klubida o‘tkazdi.

Osimxenning nomi yana APL klublari bilan bog‘lanmoqda. So‘nggi haftalarda «Arsenal» ham uning transferi imkoniyatini o‘rganib chiqqan.

«Chelsi» hujum chizig‘ida esa jiddiy o‘zgarishlar bo‘ldi. Joau Pedro «Fulhem»ga qarshi 3:2 hisobidagi g‘alabada yaxshi taassurot qoldirdi, Denni Uelbek esa yana bir hujum varianti sifatida jamoaga qo‘shildi.

Shu bilan birga, Liam Delap bir mavsumdan so‘ng «Nottingem Forest»ga o‘tdi, Nikolas Jekson esa 65 million funt evaziga «Aston Villa» futbolchisiga aylandi. «RB Leypsig» ham Mark Giu transferi bo‘yicha muzokara olib bormoqda.

Desayining fikricha, Osimxen «Chelsi» uchun ayni muddao bo‘lishi mumkin.

«Osimxen — albatta. U jamoaga ruh olib keladi va raqiblar hamda jamoadoshlar orasida katta hurmatga ega», — dedi Desayi Metro nashriga.

Sobiq himoyachi nigeriyalik forvardning xarakteri va jismoniy kuchi ham «Chelsi»ga qo‘shimcha ustunlik berishi mumkinligini ta’kidladi.

«U ba’zan kutilmagan harakatlar qilishi mumkin. Ammo ba’zan shunday futbolchilar kerak bo‘ladi — ular o‘z maqomi va xatti-harakatlarini maydondagi o‘yini bilan oqlay oladi. Osimxen kuchli va u «Chelsi»ga o‘ziga xos ruh olib kelishi mumkin», — dedi Desayi.

U Nikolas Jeksonning ketishiga ham munosabat bildirib, klub uning o‘rniga klassik markaziy hujumchi olib kelishi kerakligini aytdi.

«Jekson endi «Aston Villa»da. Men esa uning o‘rniga haqiqiy «to‘qqizlik» olib kelgan bo‘lardim. Muammo shundaki, hozir bozorda «Chelsi»ga uzoq muddat yordam bera oladigan kuchli hujumchilar ko‘p emas», — dedi u.

27 yoshli Osimxen esa «Napoli»dagi faoliyati davomida Yevropaning eng sermahsul markaziy hujumchilaridan biri sifatida nom qozongan. Xabarlarga ko‘ra, u hamon Angliya Premyer-ligasiga ko‘chib o‘tish variantiga ochiq.

Kiritildi: 14:05, 30.08.2026.
O'qildi: 1011 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик