Kirish Ro'yxatdan o'tish
03/10 11:00 Xitoy - O‘zbekiston
03/10 15:30 Janubiy Koreya - Yaponiya

«Tottenxem» rahbariyati Gakponing «Manchester Siti»ni tanlaganidan shokda

«Tottenxem» rahbariyati Gakponing «Manchester Siti»ni tanlaganidan shokda

Baho:
+ | -

Londonning «Tottenxem» klubi rahbariyati «Liverpul» hujumchisi Kodi Gakponing «shporlar» safiga o‘tishdan voz kechib, «Manchester Siti»ni tanlaganidan hayratda.

TeamTalk ma’lumotiga ko‘ra, 27 yoshli niderlandiyalik futbolchi Shimoliy London klubiga o‘tish shartlarini allaqachon kelishib olgan. «Tottenxem» forvard uchun taxminan 90 million yevro to‘lashga tayyor edi. Biroq Gakpo faoliyatini davom ettirish uchun «Manchester Siti»ni tanlagan.

Qayd etilishicha, «shaharliklar» Kodi Gakpo uchun 99 million yevro to‘lashga tayyor.

O‘tgan mavsumda Kodi Gakpo Angliya chempionatida «Liverpul» safida 36 ta uchrashuvda ishtirok etib, 7 ta gol urgan va 5 ta golli uzatma amalga oshirgan.

Kiritildi: 15:58, 30.08.2026.
O'qildi: 1089 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик