«Barselona» bosh murabbiyi Hansi Flik transfer oynasi yopilishi arafasida jamoaga yana yangi futbolchilar kelishi mumkinligi haqida fikr bildirdi.
Mutaxassisdan hozirgi tarkibdan qanchalik mamnun ekani va muxlislarni yana qandaydir transfer syurprizlari kutayotgan-kutmayotgani so‘raldi.
«Albatta, men jamoamdan mamnunman. Qo‘limdagi tarkibdan juda xursandman. Deku bu yo‘nalishda ish olib bormoqda. Agar u jamoani yanada kuchaytirish imkoniyatini topsa, albatta, bundan foydalanishga harakat qiladi.
Ammo biz hech qanday bosim ostida emasmiz. Gap faqat jamoani yanada kuchaytirish imkoniyati haqida ketmoqda. Deku hozirga qadar ajoyib ishlarni amalga oshirdi.
Men uchun mashg‘ulotlarda namoyon etayotgan sifatimiz ham juda muhim. Murabbiy sifatida aynan shu jihat men uchun eng ahamiyatlisi. Menimcha, hozir biz to‘g‘ri yo‘ldamiz», — dedi Flik «Rayo Valyekano»ga qarshi o‘yindan oldin.













