«Komo» bosh murabbiyi Sesk Fabregas «Napoli»ga qarshi g‘alabali uchrashuvni sharhladi. Italiya chempionatining ikkinchi turidagi bahs 2:1 hisobida yakunlandi.
«Bugun ko‘rganlarimdan juda mamnunman. Bunday issiqda 32 futbolchining barchasi qahramon bo‘ldi. Maksimal darajadagi shiddat bilan pressing qilish imkonsiz edi, ammo yigitlar to‘g‘ri kayfiyatda maydonga tushib, pressing qilishga harakat qilishdi.
«Napoli» hozir biz qilayotgan ishlarni 25 yil avval De Laurentis bilan birga boshlagan. Biz «Napoli» erishgan darajaga yetishdan hali juda uzoqdamiz. Biz kamtarligimizni saqlab, rivojlanishda davom etishimiz kerak», — deya mutaxassisning so‘zlarini Calcio Napoli 1926 portali keltiradi.
«Komo» hisobida 4 ochko bor va jamoa turnir jadvalida 4-o‘rinda. «Napoli» esa 3 ochko bilan 12-pog‘onada.













