Kirish Ro'yxatdan o'tish
30/09 11:00 Janubiy Koreya 2-1 Xitoy
30/09 15:30 O‘zbekiston 1-1 Yaponiya

Kurtua «Real»ning ikkinchi bo‘limdagi o‘yinidan norozi

Kurtua «Real»ning ikkinchi bo‘limdagi o‘yinidan norozi

Baho:
+ | -

Madridning «Real» klubi darvozaboni Tibo Kurtua «Malaga» ustidan 4:0 hisobidagi g‘alabadan so‘ng jamoadagi muammo haqida gapirdi.

«Qaymoqranglilar» Jud Bellingem, Kilian Mbappe va Arda Gyulerning gollari evaziga g‘alaba qozondi, yana bir marta mehmonlar o‘z darvozasiga gol urib qo‘ydi. Tanaffusga jamoalar 3:0 hisobida chiqdi.

«Menimcha, ikkinchi bo‘limda unchalik yaxshi o‘ynaganimiz yo‘q — sur’atni pasaytirdik va raqibga to‘p bilan ko‘proq o‘ynash imkonini berdik. Bu jihat ustida ishlashimiz kerak. 4:0 — ajoyib natija, ammo sur’atni pasaytirmay, ikkinchi bo‘limda ham o‘z o‘yinimiz bilan muxlislarni xursand qilganimiz yaxshiroq bo‘lardi», — deya Kurtuaning so‘zlarini Madrid Xtra keltiradi.

«Real» La Ligada uch turdan so‘ng 9 ochko bilan turnir jadvalida peshqadamlik qilmoqda.

Kiritildi: 04:01, 31.08.2026.
O'qildi: 866 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик