Kirish Ro'yxatdan o'tish
22/09 10:00 Vyetnam 0-2 O‘zbekiston
22/09 10:00 Filippin 2-1 Kuvayt
22/09 15:00 Janubiy Koreya 2-0 Saudiya Arabistoni
23/09 10:30 Xitoy 0-0 BAA
23/09 10:30 Eron 1-4 KXDR
23/09 15:30 Yaponiya 3-0 Tailand
23/09 15:30 Qirg‘iziston 4-0 Gonkong

«Liverpul» va «Bavariya» 18 yoshli «Genk» darvozaboniga qiziqmoqda

«Liverpul» va «Bavariya» 18 yoshli «Genk» darvozaboniga qiziqmoqda

Baho:
+ | -

«Liverpul» «Genk» safida o‘ynayotgan 18 yoshli belgiyalik darvozabon Lyukke Bryugmanga qiziqish bildirmoqda. Goalnashri jurnalist Sasha Tavoleriga tayanib xabar berishicha, futbolchining transferi bo‘yicha muzokaralar allaqachon boshlangan.

«Liverpul» Bryugmanning salohiyatini yuqori baholamoqda va uni Georgiy Mamardashvilining ehtimoliy o‘rnini bosuvchi futbolchi sifatida ko‘rmoqda. Biroq mersisaydliklar yosh darvozabonga qiziqayotgan yagona klub emas — Myunxenning «Bavariya»si ham uning xizmatlariga qiziqish bildirmoqda.

Bo‘yi ikki metrga yaqin bo‘lgan Bryugman Belgiyaning barcha yoshlar terma jamoalarida o‘ynagan. U «Antverpen» va PSV akademiyalarida ham faoliyat yuritgan. 2022-yilda esa erkin agent sifatida «Genk» safiga qo‘shilgan. Hozirga qadar klubning asosiy jamoasi safida 15 ta uchrashuvda maydonga tushgan.

Kiritildi: 05:16, 31.08.2026.
O'qildi: 795 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик