Kirish Ro'yxatdan o'tish

Mourinyo: «Biz uchun o‘yinni o‘z darvozamizdan gol o‘tkazmasdan yakunlash muhim edi»

Mourinyo: «Biz uchun o‘yinni o‘z darvozamizdan gol o‘tkazmasdan yakunlash muhim edi»

Baho:
+ | -

«Real» bosh murabbiyi Joze Mourinyo «Malaga» ustidan 4:0 hisobidagi yirik g‘alabadan so‘ng uchrashuv haqida fikr bildirdi.

Ikkinchi bo‘lim haqida:

«Ikkinchi bo‘limda biz ko‘proq o‘yinni nazorat qilishga e’tibor qaratdik va pastroq sur’atda harakat qildik. «Malaga» o‘zini xotirjamroq his qildi va to‘pga ko‘proq egalik qilish imkoniga ega bo‘ldi. Ammo har safar tezlikni oshirganimizda, yana 1-2 ta gol urishimiz mumkin degan taassurot paydo bo‘ldi.

Biz uchun o‘yinni o‘z darvozamizdan gol o‘tkazmasdan yakunlash va yaxshi ishlash muhim edi. Har doim ham maksimal darajada hujumkor o‘ynash mumkin emas — ba’zida raqib bizni himoyalanishga majbur qiladi va biz buni ham yaxshi bajarishimiz kerak. Bu muhim 3 ochko bo‘ldi».

Ko‘plab tarkib o‘zgarishlari haqida:

«Bu mening maqsadim. Men futbolchilarga ko‘p o‘zgarishlar qilishimni aytgandim. Qolganlar kabi yuqori darajaga ega futbolchilarni maydonga tushirishni xohlayman. Bu murabbiyning tanlovi masalasi, kimdadir sifat ko‘proq, kimdadir kamroq ekani emas. Chunki sifat hammada bor».

Kiritildi: 05:19, 31.08.2026.
O'qildi: 810 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик