«Aston Villa» «Sautgempton» himoyachisi Teylor Xarvud-Bellisni tarkibiga qo‘shib olishga yaqin. Transfer qiymati taxminan 25 million funtni tashkil etadi, bonuslar bilan esa 30 million funtga yetishi mumkin.
«Villa» bosh murabbiyi Unai Emeri 24 yoshli markaziy himoyachini transfer qilishdan shaxsan manfaatdor. Xarvud-Bellis «Arsenal»ga 51 million funtga o‘tib ketgan Ezri Konsaning o‘rnini egallashi kerak.
Avvalroq birmingemliklar futbolchi uchun 18 million funt taklif qilishgan, ammo «Sautgempton» bu taklifni rad etgan.













