Kirish Ro'yxatdan o'tish

"Yuventus" "MYU"ga rasmiy taklif yubordi

"Yuventus" "MYU"ga rasmiy taklif yubordi

Baho:
+ | -

"Yuventus" Joshua Zirkzeeni o‘z safiga qo‘shib olish uchun "Manchester Yunayted" bilan muzokara boshladi.

Janluka Di Marsio xabariga ko‘ra, turinliklar 25 yoshli niderlandiyalik hujumchini 2,5 million yevro evaziga ijaraga olish va keyinchalik 30 million yevroga sotib olish huquqini o‘z ichiga olgan rasmiy taklifni taqdim etgan.

"Manchester Yunayted" esa ijara to‘lovini ham qo‘shib hisoblaganda Zirkzee uchun kamida 35 million yevro olishni maqsad qilgan.

Forvardga "Fiorentina" ham xuddi shunga yaqin shartlar bilan qiziqish bildirgan, ammo futbolchi "binafsharanglilar" taklifini qabul qilmagan.

"Yuventus" Zirkzeeni Jonatan Devidning ehtimoliy o‘rinbosari sifatida ko‘rmoqda. Kanadalik hujumchini o‘z safiga qo‘shib olish ustida madridning "Atletiko" klubi ish olib bormoqda.

Kiritildi: 09:56, 31.08.2026.
O'qildi: 1337 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик