"Fiorentina" hujumchisi Moyze Kin faoliyatini Italiya A Seriyasining boshqa klubi — "Komo"da davom ettirishga yaqin turibdi. Bu haqda insayder Fabrisio Romano xabar berdi.
Manba ma’lumotiga ko‘ra, futbolchi shu hafta tibbiy ko‘rikdan o‘tadi. Shundan so‘ng u yangi klubi bilan uzoq muddatli shartnoma imzolashi kutilmoqda. Kelishuv besh yilga mo‘ljallangan bo‘ladi.
Avvalroq matbuotda "Komo" Kinni mavsum yakunida majburiy sotib olish sharti bilan ijaraga olishni rejalashtirayotgani xabar qilingan edi.
26 yoshli hujumchi 2024 yil yozidan buyon "Fiorentina" sharafini himoya qilib kelmoqda. Uning amaldagi shartnomasi 2029 yil iyun oyi oxiriga qadar mo‘ljallangan.
Transfermarkt ma’lumotiga ko‘ra, futbolchining bozor qiymati 32 million yevroni tashkil qiladi.













