«Atalanta» himoyachisi Onest Axanor Londonning «Chelsi» klubi futbolchisiga aylanadi. Insayder Fabrisio Romanoning ijtimoiy tarmoqlarda ma’lum qilishicha, «aristokratlar» 18 yoshli futbolchining transferi bo‘yicha 47 million yevro evaziga kelishuvga erishgan.
Manbaga ko‘ra, bitim rasmiylashtirilganidan so‘ng Axanor «Kristal Pelas»ga ijaraga beriladi. Istiqbolli futbolchi 2026/27 yilgi mavsum yakuniga qadar «burgutlar» safida harakat qiladi. Bu xabar boshqa manbalarda ham tasdiqlangan.
O‘tgan mavsumda himoyachi Italiya chempionatida «Atalanta» tarkibida 22 ta uchrashuvda maydonga tushgan.













