"Chelsi" hujumchisi Joao Pedro Angliya Premyer-ligasining 2-turida "Brayton"ga qarshi uchrashuvda bir nechta golli harakatni amalga oshirdi.
Braziliyalik futbolchi 32-daqiqada raqib darvozasini ishg‘ol qildi. 63-daqiqada esa u o‘z darvozasiga gol urib qo‘ydi.
74-daqiqada Pedro Koul Palmerning goliga uzatma berdi.
24 yoshli futbolchi joriy APL mavsumida ikki uchrashuvda 2 ta gol va 2 ta golli uzatma qayd etgan.













