Kirish Ro'yxatdan o'tish

"Roma" Luis Enrike transferiga yaqinlashdi

"Roma" Luis Enrike transferiga yaqinlashdi

Baho:
+ | -

"Roma" Braziliya hujumchisi Luis Enrikeni o‘z safiga qo‘shib olishga yaqin turibdi. Bu haqda taniqli jurnalist Janluka Di Marsio xabar berdi.

Manba ma’lumotiga ko‘ra, rimliklar 25 yoshli futbolchi transferi ustida ishlashda davom etmoqda. Tomonlar o‘rtasidagi muzokaralarda avvalroq sezilarli siljishga erishilgan.

Avvalroq "Roma" Luis Enrike uchun "Zenit"ga 40 million yevro taklif qilgani xabar qilingan edi.

Braziliyalik futbolchi joriy mavsum barcha musobaqalar doirasida 6 ta uchrashuvda maydonga tushdi, ammo gol yoki golli uzatma qayd etmadi.

Luis Enrike "Zenit"ga o‘tishidan oldin "Botafogo", "Betis" va "Fluminense" klublarida to‘p surgan.

Kiritildi: 12:22, 31.08.2026.
O'qildi: 683 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик