Kirish Ro'yxatdan o'tish

«Manchester Siti» tarbiyalanuvchisi 35 million yevroga «Aston Villa»ga o‘tadi

«Manchester Siti» tarbiyalanuvchisi 35 million yevroga «Aston Villa»ga o‘tadi

Baho:
+ | -

«Sautgempton» safida to‘p tepayotgan himoyachi Teylor Xarvud-Bellis Birmingemning «Aston Villa» klubiga o‘tadi. Bu haqda insayder Florian Plettenberg ijtimoiy tarmoqlar orqali xabar berdi.

Tomonlar transfer yuzasidan muzokaralar olib borib, kelishuvga erishgan. Bitim qiymati bonuslar bilan birga 35 million yevroni tashkil etadi. Xarvud-Bellis «sherlar» bilan uzoq muddatli shartnoma imzolaydi. Yaqin vaqt ichida futbolchi tibbiy ko‘rikdan o‘tadi.

Qayd etish joiz, Teylor Xarvud-Bellis «Manchester Siti» akademiyasi tarbiyalanuvchisi hisoblanadi.

O‘tgan mavsumda himoyachi 48 ta uchrashuvda maydonga tushib, 7 ta gol urdi va 3 ta golli uzatmani amalga oshirdi.

Kiritildi: 12:27, 31.08.2026.
O'qildi: 1253 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик