Londonning «Chelsi» klubi markaziy himoyachisi Tosin Adarabioyo transfer oynasining so‘nggi soatlarida jamoani tark etishi mumkin. Bu haqda insayder Fabrisio Romano xabar berdi.
Manba ma’lumotiga ko‘ra, «Chelsi» 28 yoshli futbolchi bilan xayrlashishga tayyor. Jurnalistning ta’kidlashicha, ayni paytda klub angliyalik himoyachi bo‘yicha muzokaralar olib bormoqda.
«Chelsi» Adarabioyoni 2024 yilda «Fulxem»dan erkin agent sifatida o‘z safiga qo‘shib olgan edi. Shundan buyon himoyachi barcha musobaqalar doirasida 70 ta uchrashuvda maydonga tushib, 7 ta gol urdi va 1 ta golli uzatmani amalga oshirdi.
Transfermarkt portali mutaxassislari Adarabioyoning transfer qiymatini 16 million yevroga baholamoqda.













