Kirish Ro'yxatdan o'tish
26/09 11:00 Xitoy 3-0 Tailand
26/09 15:30 Yaponiya 1-0 KXDR

«Yuventus» ikki hujumchidan birini tanlamoqda

«Yuventus» ikki hujumchidan birini tanlamoqda

Baho:
+ | -

Turinning «Yuventus» klubi «Nyukasl» hujumchisi Nik Voltemadeni ijaraga olish bo‘yicha muzokaralarni davom ettirmoqda. Bu haqda taniqli insayder Fabrisio Romano xabar berdi.

Manba ma’lumotiga ko‘ra, futbolchining o‘zi ham «Yuventus»ga o‘tishdan manfaatdor. Biroq Italiya grandi shu bilan birga «Manchester Yunayted» hujumchisi Joshua Zirkzeeni ham o‘z safiga qo‘shib olish variantini ko‘rib chiqmoqda.

Yangi mavsumda Voltemade 2 ta uchrashuvda maydonga tushib, 1 ta golli uzatmani amalga oshirdi. Zirkzee esa hozircha rasmiy o‘yinlarda maydonga tushgani yo‘q.

Italiya chempionatining dastlabki ikki turidan so‘ng «Yuventus» 6 ochko jamg‘argan holda turnir jadvalida 3-o‘rinni egallab turibdi.

Kiritildi: 12:37, 31.08.2026.
O'qildi: 941 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик