Kirish Ro'yxatdan o'tish

Kerrik Maguayrning qo‘l bilan o‘ynagan epizodiga munosabat bildirdi

Kerrik Maguayrning qo‘l bilan o‘ynagan epizodiga munosabat bildirdi

Baho:
+ | -

«Manchester Yunayted» bosh murabbiyi Maykl Karrik «Ipsvich» futbolchisi Jeykob Grivzning avtogoli bilan bog‘liq bahsli epizodga izoh berdi.

«Ipsvich» darvozasiga urilgan ikkinchi gol oldidan «qizil iblislar» himoyachisi Xarri Maguayr to‘pga qo‘li bilan tegib ketdi. Biroq to‘pga so‘nggi bo‘lib «Ipsvich» futbolchisi tekkani uchun gol hisobga olindi.

«Bu yerda masalaning ikki tomoni bor. Qoidalar nuqtai nazaridan epizodda qoidabuzarlik yo‘q edi. Ammo raqibning xafaligini tushunaman. Bunday holatlar ba’zan sodir bo‘ladi», — dedi Karrik NBC Sports nashriga.

Angliya Premyer-ligasi 2-turidan o‘rin olgan «Manchester Yunayted» — «Ipsvich» uchrashuvi mezbonlarning 5:2 hisobidagi yirik g‘alabasi bilan yakunlandi. Brunu Fernandesh ushbu bahsda xet-trik qayd etdi.

Kiritildi: 13:55, 31.08.2026.
O'qildi: 771 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик