Kirish Ro'yxatdan o'tish
30/09 11:00 Janubiy Koreya 2-1 Xitoy
30/09 15:30 O‘zbekiston 1-1 Yaponiya

«Manchester Siti»ning yangi futbolchisi muxlislarga va’da berdi

«Manchester Siti»ning yangi futbolchisi muxlislarga va’da berdi

Baho:
+ | -

«Manchester Siti»ning yangi yarim himoyachisi Allan Elias Angliya klubi bilan shartnoma imzolaganidan so‘ng o‘z taassurotlari bilan o‘rtoqlashdi.

«Bu men uchun shunchaki ishonib bo‘lmas darajadagi lahza. «Manchester Siti» so‘nggi 15 yilda qo‘lga kiritgan barcha g‘alabalarini hisobga olsak, dunyodagi eng jozibador klublardan biri. «Manchester Siti» muxlislariga va’da bermoqchiman: bu imkoniyatdan maksimal darajada foydalanish uchun bor kuchimni beraman», — dedi Allan klub matbuot xizmatiga.

22 yoshli braziliyalik futbolchi yangi jamoasidagi asosiy maqsadi sovrinlar uchun kurashda «Manchester Siti»ga yordam berish ekanini ham ta’kidladi.

Allan «Manchester Siti» bilan besh yillik shartnoma imzoladi. Xabarlarga ko‘ra, Angliya klubi uning transferi uchun Braziliyaning «Palmeyras» jamoasiga 40 million yevro to‘lagan.

Kiritildi: 17:26, 31.08.2026.
O'qildi: 1100 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик