Kirish Ro'yxatdan o'tish
26/09 11:00 Xitoy 3-0 Tailand
26/09 15:30 Yaponiya 1-0 KXDR

«Beshiktosh» Mark Kasadoni asosiy transfer nishoniga aylantirdi

«Beshiktosh» Mark Kasadoni asosiy transfer nishoniga aylantirdi

Baho:
+ | -

«Beshiktosh» «Barselona» yarim himoyachisi Mark Kasadoni transfer oynasi yopilishi oldidan asosiy maqsadlaridan biri sifatida belgilab oldi. SPORT nashri ma’lumotiga ko‘ra, Turkiya klubi 22 yoshli futbolchini seshanba kuni kechqurun transfer oynasi yopilguniga qadar o‘z safiga qo‘shib olishga harakat qilmoqda.

Kasado yangi mavsum uchun Xansi Flikning rejalariga kirmaydi va transfer oynasi yopilishiga qadar «Barselona»ni tark etishi kutilmoqda. U yozning katta qismida asosiy jamoadan alohida mashg‘ulot o‘tkazgan, ayni paytda agenti Jorje Mendesh futbolchi uchun munosib klub izlamoqda.

«Beshiktosh» Kasadoni keyinchalik sotib olish huquqi bilan ijaraga olish variantini ko‘rib chiqmoqda. «Barselona» esa futbolchidan sezilarli daromad olish imkonini beradigan formulani afzal ko‘rmoqda.

Kataloniyaliklar Kasadoning iqtisodiy huquqlarining ma’lum qismini sotib, futbolchi ustidan nazoratni saqlab qolish variantini ham ko‘rib chiqishi mumkin. Bu avval Ektor Fortning «Real Sosyedad»ga o‘tishida qo‘llangan sxemaga o‘xshash.

Kasado Ispaniya milliy terma jamoasida ham o‘ynagani bois, «Barselona» uni Fort uchun olingan 8,5 million yevrodan qimmatroq baholashi kutilmoqda.

«Beshiktosh» shuningdek, «Selta» futbolchisi Ilaysh Moriba va «Benfika» yarim himoyachisi Richard Rios variantlarini ham ko‘rib chiqqan, ammo Kasado hanuz birinchi tanlov bo‘lib qolmoqda.

Kasadoning «Barselona» bilan shartnomasi 2028 yilgacha amal qiladi. Unga Yevropaning bir qator klublari qiziqish bildirgan. Saudiya Arabistonidan esa qiymati 40 million yevrogacha yetadigan jozibador takliflar kelib tushgani aytilmoqda.

Shunga qaramay, futbolchi raqobat kuchli bo‘lgan Yevropa chempionatida qolishni afzal ko‘rmoqda. Angliya Premyer-ligasi klublari ham unga qiziqish bildirgan, Kasadoning o‘zi esa Turkiyaga ko‘chish masalasida hali ikkilanmoqda.

Shuningdek, Kasado «Barselona»ning asosiy jamoasida raqamsiz qolgan. 17-raqam endi Entoni Gordonga berilgan. Futbolchining kelajagi seshanba kuni transfer oynasi yopilishiga qadar hal bo‘lishi kutilmoqda.

Kiritildi: 17:40, 31.08.2026.
O'qildi: 967 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик