Londonning «Arsenal» klubi Angliya Premyer-ligasining 2-turida «Aston Villa»ni 1:0 hisobida mag‘lub etish uchun bir golning o‘zi yetarli bo‘ldi.
Uchrashuv taqdirini 59-daqiqada Bukayo Saka tomonidan urilgan aniq zarba hal qildi.
Shu tariqa, Mikel Arteta jamoasi Angliya chempionatida ketma-ket 18 ta o‘yindan beri raqib darvozasini ishg‘ol qilib kelmoqda. BBC ma’lumotiga ko‘ra, bu «kanonirlar»ning so‘nggi yetti yildagi eng yaxshi golli seriyasidir.
«Arsenal» bunga yaqin natijani 2018 yil avgustidan 2019 yil yanvariga qadar qayd etgan. O‘shanda londonliklar APLning ketma-ket 20 ta uchrashuvida gol urgan edi.
«Arsenal»ning chempionatda gol ura olmagan so‘nggi o‘yini joriy yilning 17 yanvar kuniga to‘g‘ri keladi. O‘shanda jamoa «Nottingem Forest» bilan 0:0 hisobida durang o‘ynagan.
6 sentyabr, yakshanba kuni «Arsenal» Premyer-liganing 3-turi doirasida o‘z maydonida «Chelsi»ni qabul qiladi.













