«Arsenal» afsonasi Tyerri Anri Angliya Premyer-ligasining 2-turida sobiq jamoasining «Aston Villa» ustidan qozongan 1:0 hisobidagi g‘alabasidan so‘ng londonliklarning o‘yiniga yuqori baho berdi.
«Ularga qarshi himoyalanish juda qiyin. Endi esa ular butun jamoa bo‘lib hujum ham qilmoqda. Futbolchilar o‘z pozisiyalarini egallaydi, biroq jamoaviy tuzilmani buzmaydi. Shu sababli raqibning qarshi hujum tashkil qilishi juda qiyinlashadi», — dedi Anri.
Fransiyalik sobiq hujumchi «Arsenal» tarkibida har bir futbolchi jamoaviy vazifani to‘liq bajarayotganini ham alohida ta’kidladi.
«Bu jamoada shunchaki raqam uchun maydonga tushadigan futbolchilar yo‘q. Chempionlik aynan shunday qo‘lga kiritiladi.
Ularni tomosha qilar ekansiz, bitta savol tug‘iladi: hozir «Arsenal»ga qanday gol urish mumkin? Umuman, ularning darvozasini qanday ishg‘ol qilish mumkin?» — dedi Anri.
«Aston Villa» ustidan qozonilgan g‘alabadan so‘ng «Arsenal» 6 ochko bilan Angliya chempionati turnir jadvalida 2-o‘rinni egallab turibdi.













