Angliyalik sobiq futbolchi Gari Nevill Angliya Premyer-ligasining 2-turida «Arsenal»ning «Aston Villa»ga qarshi o‘yini haqida o‘z fikrlarini bildirdi.
Uchrashuv «kanonirlar»ning 1:0 hisobidagi g‘alabasi bilan yakunlandi. Bahsdagi yagona golni 59-daqiqada Bukayo Saka urdi.
«Aston Villa» ko‘plab futbolchilarini yo‘qotganidan keyin qayta qurilish jarayonini endi boshlamoqda. «Arsenal» uchun esa bu juda muhim g‘alaba bo‘ldi. Raqib darvoza tomon birorta ham aniq zarba yo‘llay olmadi.
Jamoa sabrli, sovuqqon va yetuk o‘ynadi. «Arsenal» bahsni to‘liq nazorat qildi. Arteta o‘z jamoasining bunday barqaror o‘yinidan, albatta, mamnun bo‘ladi», — dedi Nevill Sky Sports efirida.
Shu g‘alabadan so‘ng «Arsenal» yangi APL mavsumining dastlabki ikki turida 6 ochko jamg‘ardi.
«Aston Villa» esa hozircha ochko ololmagan.













