Kirish Ro'yxatdan o'tish
25/09 10:00 O‘zbekiston 3-0 Saudiya Arabistoni
25/09 15:30 Janubiy Koreya - Vyetnam
26/09 11:00 Xitoy - Tailand
26/09 15:30 Yaponiya - KXDR

Neymar raqib muxlisi bo‘lgan bolaga futbolkasini sovg‘a qildi — keyin mojaro chiqdi

Neymar raqib muxlisi bo‘lgan bolaga futbolkasini sovg‘a qildi — keyin mojaro chiqdi

Baho:
+ | -

Braziliya chempionatining navbatdagi turida «Santos» safarda «Korintians»ni minimal hisobda mag‘lub etdi.

Uchrashuv vaqtida teletranslyasiya kamerasi oilasi bilan stadionga kelgan yosh muxlisni ko‘rsatdi. Bolaning qo‘lida Neymarga atalgan plakat bor edi.

Unda: «Men «Korintians»ning ashaddiy muxlisiman, ammo sizning yanada katta muxlisingizman», — deb yozilgandi.

Uchrashuvdan so‘ng bu holatdan ta’sirlangan Neymar tribunaga yaqinlashib, bolaga o‘z futbolkasini sovg‘a qildi.

Biroq derbyderbyderby.it xabariga ko‘ra, «Korintians»ning ayrim radikal muxlislari klub mag‘lubiyati fonida bu holatni «xiyonat» sifatida qabul qilgan. Ular bolaning oilasiga bosim o‘tkazib, stadiondan chiqishiga to‘sqinlik qilishgan.

Vaziyatga polisiya xodimlari aralashib, oilaning stadionni xavfsiz tark etishini ta’minlagan.

Kiritildi: 04:10, 01.09.2026.
O'qildi: 1021 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик