Kirish Ro'yxatdan o'tish
26/09 11:00 Xitoy 3-0 Tailand
26/09 15:30 Yaponiya 1-0 KXDR

Jezus «Kamp Nou»da ko‘rindi

Jezus «Kamp Nou»da ko‘rindi

Baho:
+ | -

Londonning «Arsenal» klubi hujumchisi Gabriel Jezus «Barselona»ga o‘tishga tayyorgarlik ko‘rmoqda.

29 yoshli braziliyalik futbolchi La Liganing «Barselona» va «Rayo Valyekano» o‘rtasidagi uchrashuvi vaqtida «Kamp Nou» tribunasida ko‘rindi.

Kutilmoqdaki, kataloniyaliklar yaqin vaqt ichida hujumchi transferini rasman e’lon qiladi.

Ma’lumotlarga ko‘ra, Gabriel Jezusning transfer qiymati 10 million yevroni tashkil etadi. Bundan tashqari, «Arsenal» turli bonuslar ko‘rinishida yana 4 million yevrogacha mablag‘ olishi mumkin.

Shuningdek, kelishuvga braziliyalik futbolchining kelajakdagi transferidan «Arsenal»ga 20 foiz ulush to‘lanishi haqidagi band ham kiritilgan.

Shu tariqa, Jezus yaqin vaqt ichida «Arsenal»ni tark etib, faoliyatini Ispaniya chempionatida davom ettirishi kutilmoqda.

Kiritildi: 04:16, 01.09.2026.
O'qildi: 1017 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик