Kirish Ro'yxatdan o'tish
30/09 11:00 Janubiy Koreya 2-1 Xitoy
30/09 15:30 O‘zbekiston 1-1 Yaponiya

Mudrik «Tottenxem»ga o‘tishga yaqin

Mudrik «Tottenxem»ga o‘tishga yaqin

Baho:
+4 | -

«Tottenxem» «Chelsi» vingeri Mixail Mudrikni ijaraga olish bo‘yicha prinsipial kelishuvga erishdi.

Taniqli insayder Fabrisio Romano ma’lumotiga ko‘ra, London klublari kelishuvning asosiy shartlarini o‘zaro ma’qullagan. Rejaga ko‘ra, ukrainalik futbolchi joriy mavsumni «shporlar» safida ijara asosida o‘tkazadi.

Biroq transfer hali to‘liq yakunlangani yo‘q. «Tottenxem» endi Mudrikning o‘zi bilan shaxsiy shartnoma shartlarini kelishib olishi kerak.

Ayni paytda tomonlar o‘rtasida bu boradagi muzokaralar davom etmoqda.

Mudrik 2023 yil yanvaridan buyon «Chelsi» futbolchisi hisoblanadi. London klubi uni Doneskning «Shaxtyor» jamoasidan xarid qilgan edi.

Kiritildi: 04:24, 01.09.2026.
O'qildi: 996 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик