«Manchester Yunayted»ning sobiq yarim himoyachisi Pol Skoulz klubni «Nyukasl» chap qanot himoyachisi Lyuis Xollni sotib olish imkoniyatini yana bir bor ko‘rib chiqishga chaqirdi.
Bu fikrni u «MYU»ning Angliya Premyer-ligasida «Ipsvich» ustidan 5:2 hisobidagi g‘alabasidan keyin bildirdi.
Uchrashuvning birinchi bo‘limida Lyuk Shou Abdul Fatauni to‘xtata olmadi va aynan shu epizod raqibning goliga sabab bo‘ldi.
«Bilasizmi, Maykl Karrikka nima yordam berishi mumkin? Lyuk Shouning «Ipsvich»ga qarshi o‘yinda shu tarzda aldanib qolgani. U rahbariyatga: «Quloq soling, bizga Xoll kerak», deb aytishi mumkin.
Menimcha, hozir mavjud variantlar ichida Lyuis Xoll eng real nomzod bo‘lishi mumkin», — dedi Skoulz.
Shu bilan birga, «Manchester Yunayted» afsonasi klub yozgi transfer oynasi yopilguniga qadar kelishuvni yakunlashga ulgura olishiga shubha bildirdi.
Ma’lumotlarga ko‘ra, «Nyukasl» 21 yoshli angliyalik futbolchini 87 million yevrodan yuqori summaga sotishga tayyor.













