Kirish Ro'yxatdan o'tish
01/09 00:00 Aston Villa 0-1 Arsenal
01/09 00:30 Barselona 5-2 Rayo Valyekano

Gasperini: «Kone sotuvda emas»

Gasperini: «Kone sotuvda emas»

Baho:
+ | -

«Roma» bosh murabbiyi Jan Pyero Gasperini A Seriyaning 2-turida «Lechche» ustidan qozonilgan 4:0 hisobidagi yirik g‘alabadan so‘ng yarim himoyachi Manu Konening ehtimoliy transferi haqidagi xabarlarga munosabat bildirdi.

«Bu faqat OAVdagi shov-shuv. Menga hech kim Kone yoki boshqa bir futbolchining ketishi mumkinligi haqida aytmagan. Ayniqsa, transfer oynasi yopilishiga 24 soat qolgan bir paytda. Bilishimcha, klub rahbariyati futbolchilarni sotish niyatida emas», — dedi Gasperini.

Shu bilan birga, mutaxassis «Roma» tarkibi hali yetarlicha komplektlanmaganini ta’kidladi.

«Dibala va Malen har doim o‘ynay olmaydi. Bugun hujum chizig‘i uchun zaxira o‘rindig‘imizda atigi ikki futbolchi bor edi. Pellegrini va Rensh safga qaytadi, ammo baribir kimdir yetishmasligi mumkin. Bugun esa kutilmaganda Ndikani ham yo‘qotdik», — dedi u.

Gasperinining fikricha, Chempionlar ligasida ishtirok etadigan jamoa uchun tarkib chuqurligi ayniqsa muhim.

«Chempionlar ligasida bir futbolchining yo‘qligi jamoaga qattiq ta’sir qilmasligi uchun yetarli darajada keng tarkibga ega bo‘lish juda muhim. Tarkibni to‘liq shakllantirishga ulguramiz, deb umid qilaman.

Agar hozirgi tarkib bilan qoladigan bo‘lsak ham, baribir kurashamiz va ortga chekinmaymiz. Chempionlar ligasi ham, chempionat ham sprint emas, marafon», — dedi «Roma» ustozi.

Gasperini, shuningdek, «Lechche»ga qarshi bahsda futbolchilarining ishonchli o‘yini, xarakteri va harakat sifatini yuqori baholadi.

Kiritildi: 04:37, 01.09.2026.
O'qildi: 653 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик