Kirish Ro'yxatdan o'tish
31/08 00:30 Selta 0-2 Atletik Bilbao
31/08 21:30 Lechche 0-4 Roma
31/08 22:30 Osasuna 1-0 Xetafe
31/08 23:45 Atalanta 1-0 Bolonya
01/09 00:00 Aston Villa 0-1 Arsenal
01/09 00:30 Barselona 5-2 Rayo Valyekano

Flik Rafinyaning markaziy hujumchi sifatidagi o‘yiniga baho berdi

Flik Rafinyaning markaziy hujumchi sifatidagi o‘yiniga baho berdi

Baho:
+ | -

«Barselona» bosh murabbiyi Xans-Diter Flik Rafinya Diasning markaziy hujumchi pozisiyasidagi o‘yini haqida fikr bildirdi.

29 yoshli braziliyalik futbolchi La Liganing dastlabki uchta uchrashuvida aynan markaziy hujumchi sifatida harakat qilib, 5 ta gol urdi va 1 ta golli uzatmani amalga oshirdi.

Biroq Rafinyaning bunday sermahsul o‘yini nemis mutaxassisini hayron qoldirmagan.

«Albatta, men bunday natijani kutgandim. Rafinya juda yaxshi futbolchi. U bizga aynan kerak bo‘lgan narsani berdi. Men juda mamnunman», — dedi Flik.

Murabbiy bu fikrlarni «Barselona»ning «Rayo Valyekano» ustidan 5:2 hisobidagi g‘alabasidan keyingi matbuot anjumanida bildirdi. Ushbu bahsda Rafinya dubl qayd etdi.

Shu bilan birga, kataloniyaliklar safi yaqin orada yana bir profil hujumchi bilan to‘ldirilishi kutilmoqda. Ma’lumotlarga ko‘ra, «Barselona» «Arsenal» forvardi Gabriel Jezus transferi bo‘yicha kelishuvga erishgan.

Kiritildi: 08:10, 01.09.2026.
O'qildi: 842 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик