Kirish Ro'yxatdan o'tish
01/09 00:00 Aston Villa 0-1 Arsenal
01/09 00:30 Barselona 5-2 Rayo Valyekano

«Old Trafford»da yana suv oqdi — muammo 2024 yildan beri hal etilmagan

«Old Trafford»da yana suv oqdi — muammo 2024 yildan beri hal etilmagan

Baho:
+ | -

«Manchester Yunayted» Angliya Premyer-ligasidagi mavsumning ilk uy uchrashuvida «Ipsvich»ni mag‘lub etib, muxlislarini xursand qildi. Biroq stadionga kelgan ayrim tomoshabinlar uchun o‘yin vaqtida futboldan ko‘ra boshqa muammo dolzarb bo‘ldi.

Ma’lum bo‘lishicha, «Old Trafford» tomi yana suv o‘tkazgan va ayrim tribunalardagi muxlislar yomg‘ir suvi ostida qolgan.

derbyderbyderby.it xabariga ko‘ra, bu muammo ilk bor 2024 yilda jiddiy namoyon bo‘lgan va hozirga qadar to‘liq hal etilmagan.

Muxlislardan biri ijtimoiy tarmoqda shunday yozdi:

«2026 yilda ham «Old Trafford» tomi suv o‘tkazmoqda. Yangi murabbiylar. Yangi transferlar. Ammo o‘sha eski hikoya».

Yana bir muxlis esa klubning yozgi xarajatlarini esladi:

«Manchester Yunayted» bu yoz 150 million funt sarfladi, ammo «Old Trafford» tomi hamon suv o‘tkazyapti», — dedi u.

Eslatib o‘tamiz, «Manchester Yunayted» so‘nggi bor 2013 yilda Angliya chempioni bo‘lgan.

Kiritildi: 08:18, 01.09.2026.
O'qildi: 609 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик