Kirish Ro'yxatdan o'tish
30/09 11:00 Janubiy Koreya 2-1 Xitoy
30/09 15:30 O‘zbekiston 1-1 Yaponiya

Bernal: «Murabbiy Yamal haqida haq edi»

Bernal: «Murabbiy Yamal haqida haq edi»

Baho:
+ | -

«Barselona» yarim himoyachisi Mark Bernal jamoadoshi Lamin Yamalning o‘yini haqida fikr bildirdi.

19 yoshli vinger dushanba kuni La Liganing «Rayo Valyekano»ga qarshi uchrashuvida dubl qayd etdi. Bu Yamalning «Barselona» safida aprel oyidan buyon urgan ilk gollari bo‘ldi.

«Murabbiy Yamal haqida haq edi. So‘nggi o‘yinlarda Lamin gol urmayotgan bo‘lsa-da, o‘z mahoratini namoyish etib kelayotgandi.

U bu sifatlarini faoliyatining dastlabki kunlaridanoq ko‘rsatib kelmoqda. Bugun gol ura olganidan barchamiz xursandmiz», — dedi Bernal DAZN nashriga bergan intervyusida.

«Barselona» va «Rayo Valyekano» o‘rtasidagi uchrashuv kataloniyaliklarning 5:2 hisobidagi g‘alabasi bilan yakunlandi.

Mezbonlar safida Rafinya Dias ham dubl qayd etdi. Yana bir gol esa «Rayo Valyekano» futbolchisining o‘z darvozasiga kiritgan to‘pi hisobiga yozildi.

Kiritildi: 08:30, 01.09.2026.
O'qildi: 758 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик