«Milan», «Barselona» va Italiya terma jamoasining sobiq futbolchisi Janluka Dzambrotta «rossonerilar» safidagi o‘zgarishlarga ijobiy baho berdi.
Uning fikricha, «Milan» o‘tgan mavsumga nisbatan eng katta o‘sish va yangilanishni namoyon etgan jamoalardan biri hisoblanadi.
«Eng ko‘p o‘zgargan jamoa — «Milan». Albatta, bitta tur asosida katta xulosa chiqarish qiyin, ammo o‘yinga yondashuv nuqtai nazaridan ham ayrim yangiliklarni hozirning o‘zida ko‘rish mumkin», — dedi Zambrotta.
Uning so‘zlarini pianetamilan.it keltirdi.
«Milan» yangi Italiya chempionatini ikki g‘alaba bilan boshladi. Jamoa dastlab «Torino»ni, keyin esa «Venesiya»ni mag‘lub etdi.
Eslatib o‘tamiz, «Milan» so‘nggi bor 2022 yilda Italiya chempioni bo‘lgan.













