«Barselona» bosh murabbiyi Xans-Diter Flik La Liganing «Rayo Valyekano»ga qarshi bahsida Entoni Gordonning o‘yiniga baho berdi.
Kataloniyaliklar 5:2 hisobida g‘alaba qozongan uchrashuvda angliyalik vinger 77-daqiqaga qadar maydonda harakat qildi. U golli uzatma berdi, shuningdek, raqib futbolchisining avtogoliga olib kelgan hujumda ham faol ishtirok etdi.
«Gordon juda tezkor, to‘p bilan ham juda yaxshi muomala qiladi. Bugun u ikkita golli vaziyat yaratdi. Bunday futbolchining jamoamizda borligi juda yaxshi.
Gordon, Rafinya va Yamaldan iborat juda tezkor hujum uchligiga egamiz», — dedi Flik matbuot anjumanida.
Entoni Gordon joriy mavsum boshlanishidan oldin «Nyukasl»dan «Barselona»ga o‘tgan edi.
25 yoshli futbolchi La Liganing dastlabki uchta uchrashuvida jami 3 ta golli uzatmani amalga oshirdi.













