Kirish Ro'yxatdan o'tish
26/09 11:00 Xitoy 3-0 Tailand
26/09 15:30 Yaponiya 1-0 KXDR

Flik Yamal haqida: «Uning darajasi aql bovar qilmaydi»

Flik Yamal haqida: «Uning darajasi aql bovar qilmaydi»

Baho:
+1 | -

«Barselona» bosh murabbiyi Xans-Diter Flik La Liganing «Rayo Valyekano»ga qarshi 5:2 hisobidagi g‘alabasidan so‘ng Lamin Yamalning o‘yiniga yuqori baho berdi.

19 yoshli futbolchi uchrashuv qahramonlaridan biri bo‘ldi. U Rafinya Dias kabi dubl qayd etdi.

«Lamin doim rivojlanishni istaydi. Men undan juda mamnunman. Uning qanchalik yaxshi futbolchi ekani shunchaki hayratlanarli. Menimcha, u hozir aql bovar qilmas darajani namoyish etmoqda», — dedi Flik.

Murabbiyning so‘zlarini Barca Universal keltirdi.

Ushbu o‘yinda Yamal yana bir tarixiy natijaga erishdi. U klub miqyosida 50 ta gollik marraga yetgan Ispaniya futboli tarixidagi eng yosh futbolchiga aylandi.

«Barselona» La Liganing navbatdagi turida 6 sentyabr kuni safarda «Valensiya»ga qarshi maydonga tushadi.

Kiritildi: 08:40, 01.09.2026.
O'qildi: 712 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик