Kirish Ro'yxatdan o'tish
25/09 10:00 O‘zbekiston 3-0 Saudiya Arabistoni
25/09 15:30 Janubiy Koreya 4-0 Vyetnam
26/09 11:00 Xitoy 3-0 Tailand
26/09 15:30 Yaponiya 1-0 KXDR

«Lans» Rafael Varan sharafiga mashg‘ulot markazini nomladi

«Lans» Rafael Varan sharafiga mashg‘ulot markazini nomladi

Baho:
+ | -

Fransiyaning «Lans» klubi sobiq futbolchisi Rafael Varan sharafiga maxsus hududni nomladi.

Gap klubning mashg‘ulot bazasi sifatida foydalaniladigan markaz haqida ketmoqda. Endilikda ushbu hudud Varan nomi bilan ataladi.

Rafael Varan professional faoliyatini aynan «Lans»da boshlagan. Qizig‘i, u asosiy jamoada atigi bir mavsum to‘p tepgan bo‘lsa-da, klub rahbariyati uni o‘z tarixidagi alohida futbolchilardan biri sifatida qadrlaydi.

Varan markazning ochilish marosimida shaxsan ishtirok etdi. U klub prezidenti Jozef-Mari Ugurlyan bilan suhbat paytida hissiyotlarini yashira olmay, ko‘z yoshlarini ham tiya olmadi.

derbyderbyderby.it ma’lumotiga ko‘ra, Varan nomi berilgan markazni barpo etish klubga umumiy hisobda 7 million yevroga tushgan.

Ushbu summaga nafaqat qurilish ishlari, balki yer maydoni va boshqa tegishli xarajatlar ham kiritilgan.

Kiritildi: 08:52, 01.09.2026.
O'qildi: 700 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик