Kirish Ro'yxatdan o'tish
31/08 00:30 Selta 0-2 Atletik Bilbao
31/08 21:30 Lechche 0-4 Roma
31/08 22:30 Osasuna 1-0 Xetafe
31/08 23:45 Atalanta 1-0 Bolonya
01/09 00:00 Aston Villa 0-1 Arsenal
01/09 00:30 Barselona 5-2 Rayo Valyekano

Enso orzusiga yetgandi

Enso orzusiga yetgandi

Baho:
+ | -

Argentina terma jamoasi yarim himoyachisi Enso Fernandes Lionel Messining milliy jamoadan ketishi munosabati bilan ijtimoiy tarmoqda post qoldirdi.

39 yoshli futbolchi o‘zining Instagram sahifasida terma jamoadagi faoliyatini yakunlashini rasman ma’lum qilgandi.

«Leo, milliy terma jamoadan ketayotganingni aytganingda, juda xafa bo‘ldim.

Men hali juda yosh bola edim. Yoshingni o‘zimning yoshim bilan solishtirib, sen bilan qachondir birga o‘ynay olamanmi, deb doim hisob-kitob qilardim. Bu biroz kulgili tuyulishi mumkin, ammo men haqiqatan ham shunday o‘ylardim: senga yana qancha yil qolgan, mening professional futbolga kirishimga qancha vaqt bor? Hech bo‘lmaganda bir marta Argentina safida sen bilan birga o‘ynashni orzu qilardim.

Yaxshiyamki, sen qaytding. Voqelik esa o‘sha bolaning tasavvur qilganidan ham ajoyib bo‘lib chiqdi. Biz shunchaki birga o‘ynamadik. Birga yig‘inlarga bordik, bir xonada kiyim almashtirdik, suhbatlashdik, quchoqlashdik, qiyin damlarni ham, aql bovar qilmas lahzalarni ham birga boshdan kechirdik va oxir-oqibat birga jahon chempioni bo‘ldik.

Ammo eng muhimi, men terma jamoaga kelganimdan boshlab menga qanday munosabatda bo‘lganing uchun doimo minnatdor bo‘laman. Men o‘z kumirim bilan maydonga tushish umidida kelgandim, ammo ilk daqiqadanoq meni jamoaning bir qismidek his qildirgan insonni topdim. Sen doim kerakli paytda yaxshi so‘z, maslahat, quchoq yoki shunchaki meni tinchlantirishning biror yo‘lini toparding. Men buni hech qachon unutmayman», — deb yozdi 25 yoshli Enso ijtimoiy tarmoqdagi sahifasida.

Kiritildi: 09:00, 01.09.2026.
O'qildi: 1086 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик