"Atletiko" va Argentina terma jamoasi yarim himoyachisi Juliano Simeone Lionel Messining milliy jamoadagi faoliyatini yakunlash qaroriga munosabat bildirdi.
"Rahmat, Leo. Mamlakatimiz uchun qilgan barcha ishlaring, bizga his qildirgan barcha tuyg‘ularing va bolaligimizdan ko‘pchiligimiz uchun ilhom manbai bo‘lganing uchun rahmat. Men bolaligimdan sening o‘yinlaringni tomosha qilib, bir kuni sen bilan bir maydonga tushishni orzu qilardim. Hayot esa menga tasavvur qilganimdan ham ko‘proq narsani berdi: terma jamoa libosini kiyish, sen bilan bir kiyinish xonasini bo‘lishish va jahon chempionatida sen bilan yonma-yon o‘ynash nasib qildi", — deb yozdi Simeone ijtimoiy tarmoqdagi sahifasida.
Avvalroq 39 yoshli Lionel Messi Argentina terma jamoasidagi faoliyatini yakunlaganini ma’lum qilgan edi.
Messi milliy jamoa safida 21 yil davomida to‘p surdi.













