Kirish Ro'yxatdan o'tish
06/09 00:00 Vilyarreal 2-3 Deportivo
06/09 18:00 Everton 2-2 Man. Yunayted
06/09 18:00 Frozinone 3-2 Venetsiya
06/09 18:00 Parma 1-1 Monsa
06/09 19:15 Valensiya 0-5 Barselona
06/09 20:30 Arsenal 2-1 Chelsi
06/09 21:00 Bolonya 2-2 Sassuolo
06/09 21:30 Osasuna - Alaves
06/09 21:30 Malaga 0-0 Levante
06/09 21:30 Alaves 5-2 Osasuna
06/09 23:45 Yuventus 1-1 Milan
07/09 00:00 Espanyol 1-1 Sevilya
07/09 21:30 Kalyari - Lechche
07/09 22:00 Xetafe - Selta
07/09 23:45 Udineze - Lasio
08/09 00:30 Elche - Real Sosyedad

«Everton» Folarin Balogun transferi bo‘yicha «Monako» bilan kelishdi

«Everton» Folarin Balogun transferi bo‘yicha «Monako» bilan kelishdi

Baho:
+ | -

«Monako» hujumchisi Folarin Balogun «Everton»ga o‘tishga yaqin turibdi.

Insayder Fabrisio Romanoning xabar berishicha, Angliya Premyer-ligasi klubi va «Monako» 25 yoshli AQSH terma jamoasi hujumchisining transferi bo‘yicha kelishuvga erishgan.

Transfer summasi 45 million yevroni tashkil etadi. Bundan tashqari, yana 5 million yevro bonuslar ko‘rinishida to‘lanishi mumkin. Shuningdek, «Monako» futbolchining keyingi transferidan ma’lum foiz oladi.

Endi «Everton» Balogun bilan shaxsiy shartnoma borasida kelishib olishi kerak.

«Arsenal» tarbiyalanuvchisi o‘tgan mavsum Fransiya Liga 1 musobaqasida 30 ta o‘yinda 13 ta gol urdi va «Monako»ning eng yaxshi to‘purari bo‘ldi.

AQSHda o‘tkazilgan 2026 yilgi jahon chempionatida Balogun 4 ta uchrashuvda 3 ta gol urdi.

U musobaqa davomida qizil kartochkaning bekor qilinishi bilan bog‘liq mojaroning ham markazida qolgan edi. Balogun 1/16 finalda Bosniya va Gersegovinaga qarshi o‘yinda, AQSH 2:0 hisobida g‘alaba qozongan bahsda Tarik Muharemovichning to‘pig‘ini bosib ketgani uchun maydondan chetlatilgan.

Keyinchalik uning bir o‘yinlik diskvalifikasiyasi bir yillik sinov muddati bilan vaqtincha to‘xtatildi. Shu tariqa, AQSH hujumchisi 1/8 finalda Belgiyaga qarshi o‘yinda ishtirok eta oldi. Ushbu bahsda amerikaliklar 1:4 hisobida mag‘lub bo‘lgan.

AQSH prezidenti Donald Tramp mazkur vaziyatni FIFA prezidenti Janni Infantino bilan muhokama qilganini ham ma’lum qilgan.

Kiritildi: 13:21, 01.09.2026.
O'qildi: 655 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик