Kirish Ro'yxatdan o'tish
31/08 00:30 Selta 0-2 Atletik Bilbao
31/08 21:30 Lechche 0-4 Roma
31/08 22:30 Osasuna 1-0 Xetafe
31/08 23:45 Atalanta 1-0 Bolonya
01/09 00:00 Aston Villa 0-1 Arsenal
01/09 00:30 Barselona 5-2 Rayo Valyekano

«Manchester Siti» yarim himoyachisi Chempionshipga o‘tdi

«Manchester Siti» yarim himoyachisi Chempionshipga o‘tdi

Baho:
+ | -

«Manchester Siti» yarim himoyachisi Jeyden Xeski 2026/27 yilgi mavsum uchun «Sheffild Uensdey»ga ijara asosida qaytdi. Futbolchi o‘tgan mavsumning ikkinchi yarmini ham ushbu jamoada o‘tkazgan edi.

Xeski «Manchester Siti» asosiy jamoasidagi debyutini Angliya Liga kubogi doirasida «Xaddersfild»ga qarshi g‘alabali uchrashuvda o‘tkazgan. Ushbu bahsda u kichik ukasi Reygan bilan birga maydonga tushgan. Bolaligidan «Siti» muxlisi bo‘lgan va 9 yoshgacha bo‘lgan jamoadan boshlab klub tizimida tarbiyalangan futbolchi uchun bu alohida ahamiyatga ega voqea bo‘lgan.

Bunga qadar Xeski «Manchester Siti»ning yoshlar jamoasida ham yaxshi taassurot qoldirgan. U 2024/25 yilgi mavsumda 32 ta uchrashuvda ishtirok etib, jamoaning Premyer-liga 2 chempionligini qo‘lga kiritishida yordam bergan. Shuningdek, u «Lids»ga qarshi Angliya Yoshlar kubogi finalida ham gol urgan.

«Sheffild Uensdey» Chempionshipdan Liga 1ga tushib ketganiga qaramay, 20 yoshli futbolchi o‘tgan mavsum ijaraga kelgan zahoti jamoaning asosiy futbolchilaridan biriga aylandi va yarim himoyaning turli pozisiyalarida harakat qildi.

Xeski avvalgi ijara davrida Chempionshipda 20 ta o‘yin o‘tkazib, jami 1714 daqiqa maydonda harakat qildi. U mehnatkashligi, universalligi va uzatmalar diapazoni bilan ajralib turdi.

«Manchester Siti» futbolchi «Xillsboro»da yana muntazam o‘yin amaliyotiga ega bo‘lib, ushbu jihatlarini yanada rivojlantirishiga umid qilmoqda.

Kiritildi: 16:46, 01.09.2026.
O'qildi: 557 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик